TourneyUp

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish:

TourneyUp — universitet va shahar turnirlarini e‘lon qilish, ularga ro‘yxatdan o‘tish va natijalarni kuzatish uchun platforma. Quyida platforma qanday ma‘lumot yig‘ishi va u bilan nima qilishi yozilgan.

Operator va TourneyUp jamoasi

TourneyUp hozircha mustaqil jamoaviy startup loyihasi. Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish, platforma xavfsizligi va foydalanuvchilar murojaatlariga javob berish TourneyUp jamoasining umumiy mas’uliyati hisoblanadi.

  • Abbos Azizmurod Qurbonov
  • Asadbek To‘lqinjonov
  • Sardorbek Jumayev
  • Abdulloh Kozimov

Qanday ma‘lumot yig‘amiz

  • Akkaunt ma‘lumotlari: ism, username, email, parol (faqat kriptografik hash shaklida — ochiq parol hech qachon saqlanmaydi), ixtiyoriy ravishda universitet, shahar, bio va avatar.
  • Faoliyat: qaysi turnirlarga yozilganingiz, saqlagan turnirlaringiz, kanal obunalari, kanalga yozgan xabarlaringiz, stories va o‘yin natijalaringiz.
  • Seans ma‘lumotlari: seans tokeni (cookie), oxirgi kirish vaqti va brauzer qatori (user agent) — ruxsatsiz kirishni aniqlash uchun.
  • Yuklangan fayllar: turnir posteri, avatar, jamoa logotipi, kanal rasmlari va tashkilot arizasiga ilova qilingan ixtiyoriy tasdiqlovchi hujjat. Tasdiqlovchi hujjat ommaga ko‘rsatilmaydi.

Nima uchun ishlatamiz

  • Akkauntingizni yuritish va tizimga kirishingizni ta‘minlash.
  • Turnirga yozilish, tasdiqlash va rad etish oqimini ishlatish.
  • Sizga tegishli bildirishnomalarni yuborish (ariza holati, turnir statusi).
  • Platformani suiiste‘moldan himoya qilish — urinishlar sonini cheklash.

Ma‘lumotlaringizni reklama maqsadida ishlatmaymiz va uchinchi tomonlarga sotmaymiz.

Xizmat ko‘rsatuvchi uchinchi tomonlar

Platforma Google OAuth (Google orqali kirish), Resend (xizmat xatlari), Vercel (sayt infratuzilmasi) va TiDB Cloud (ma’lumotlar bazasi) xizmatlaridan foydalanadi. Ushbu provayderlar xizmatni ko‘rsatish uchun zarur texnik ma’lumotlarni qayta ishlashi mumkin; ayrim ma’lumotlar O‘zbekistondan tashqarida texnik qayta ishlanishi mumkin.

Kim ko‘radi

  • Ommaviy: ism, username, avatar, bio, universitet, shahar, reyting va turnir natijalari — profil sahifasida ko‘rinadi.
  • Tashkilotchi: siz yozilgan turnir tashkilotchisi ismingiz, emailingiz va jamoa nomingizni ko‘radi — arizani ko‘rib chiqish uchun.
  • Hech kim: parolingiz (faqat hash saqlanadi) va seans tokeningiz.

Cookie

Platforma login seansi uchun tu_session, til uchun tourneyup_lang, Google OAuth va tugallanmagan Google registratsiyasini xavfsiz yakunlash uchun qisqa muddatli zarur cookie‘lardan foydalanadi. Reklama yoki saytlararo kuzatuv cookie‘lari ishlatilmaydi.

Qancha saqlanadi

  • Akkaunt ma‘lumotlari — siz o‘chirmaguningizcha.
  • Seans — chiqib ketganingizda yoki parol almashtirilganda bekor qilinadi.
  • Turnir tarixiga oid yozuvlar — turnir yakunlangandan keyin ham arxiv sifatida qoladi.

Sizning huquqlaringiz

  • Tahrirlash: Sozlamalar → Profilni tahrirlash orqali ism, username, bio, universitet, shahar va avatarni o‘zgartirasiz.
  • O‘chirish: Sozlamalar → Akkauntni o‘chirish. Akkaunt o‘chganda ro‘yxatlaringiz, saqlanganlar, kanal obunalari, stories va bildirishnomalar ham o‘chadi.
  • Nusxa olish: ma‘lumotlaringiz nusxasini olish uchun quyidagi manzilga yozing.

Xavfsizlik

Parollar scrypt bilan hashlanadi, seanslar bazada saqlanadi va bekor qilinishi mumkin, barcha sahifalar Content-Security-Policy, HSTS va X-Frame-Options header‘lari bilan beriladi.

Voyaga yetmaganlar

TourneyUp’da umumiy yosh cheklovi mavjud emas. Voyaga yetmagan foydalanuvchilar ham platformadan foydalanishi va yosh cheklovi belgilanmagan turnirlarda qatnashishi mumkin. Ayrim turnirlarda tashkilotchi minimal yoki maksimal yosh talabini belgilashi mumkin; bunday talab turnir sahifasida ko‘rsatilishi va unga rioya qilinishi kerak. Qonuniy vakil privacy@tourneyup.uz orqali voyaga yetmagan foydalanuvchining ma’lumotlari bo‘yicha murojaat qilishi mumkin.

Bog‘lanish

Savol yoki so‘rov bo‘lsa: privacy@tourneyup.uz